14/03/2026

   Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari bahoriy kayfiyatda, ahillik va hamjihatlik ruhida davom etmoqda. Hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda atrof-muhitni yanada ozoda saqlashga qaratilgan ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

   Mazkur xayrli tadbirda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlari ekish, gulzorlarni tartibga keltirish hamda jamoat joylarini tozalash ishlarida munosib hissa qo‘shdi. Hashar davomida boshqarma xodimlari birdamlik va jamoaviylik namunasini ko‘rsatib, viloyatimizni yanada obod va fayzli qilish yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qildilar.