Statistika boshqarmasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbir davomida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, axborotlarning ochiqligini ta’minlash va jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.



