13/03/2026

      Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida”gi PF-33-son Farmoni muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda mazkur hujjatning asosiy maqsadlari, idoralararo hamkorlik, tazyiq va zoʻravonlik holatlariga qarshi kurash qoʻshimcha choralari, shuningdek 2026-yil 1-noyabrdan boshlab qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish orqali yangi tartiblar joriy etilishi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.