30/12/2025

     Joriy yilning 29-dekabr sanasida Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tayyorlangan esdalik sovg‘alari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. Elmuratov tomonidan boshqarma xodimlariga tantanali tarzda topshirildi. Tadbir davomida boshqarma rahbari jamoani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, yil davomida erishilgan natijalar va amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

     Shu bilan birga, u xodimlarning mas’uliyatli yondashuvi, fidokorona mehnati hamda jamoa bo‘lib ishlashdagi hamjihatligi boshqarma faoliyatining muhim omili ekanini alohida e’tirof etdi. Bayram munosabati bilan topshirilgan sovg‘alar xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning samarali mehnatiga bo‘lgan e’tibor va ehtirom ramzi bo‘ldi.