01/12/2025

     Bir necha kunlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33 yil boʻladi.

     Konstitutsiyamiz xalq xohish-irodasining oliy ifodasidir. Shuning uchun Konstitutsiyani bilish muhim deb bilamiz.

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F-60-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan  bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturining 3-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

     Unda xodimlar va boshqarmaga tashrif buyurganlar burchakda joylashgan axborot bukletlari va adabiyotlar bilan tanishib olishi mumkin boʻladi.