2025-yilning yanvar-sentabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 776,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 164,8 % ni va ularning umumiy hajmidagi ulushi 3,6 % ga ko‘payib 17,5 % ni tashkil etdi.




