Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,5 mln tonna uzum yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi:
Samarqand viloyati – 567 226 tonna
Buxoro viloyati – 184 743 tonna
Farg‘ona viloyati – 150 986 tonna
Namangan viloyati – 97 620 tonna
Qashqadaryo viloyati – 90 277 tonna
Surxondaryo viloyati – 84 207 tonna
Navoiy viloyati – 76 819 tonna
Toshkent viloyati – 76 190 tonna
Andijon viloyati – 60 283 tonna
Xorazm viloyati – 36 150 tonna
Jizzax viloyati – 24 584 tonna
Sirdaryo viloyati – 12 589 tonna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6 754 tonna
Toshkent shahri – 120 tonna




