Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida jami qariyb 8,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,8 mln nafarga yoki 49,3 % ga oshgan.
Ularning soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 2,4 mln nafar;
Qozogʻiston – 2 mln nafar;
Tojikiston – 1,9 mln nafar;
Rossiya – 757,1 ming nafar;
Afgʻoniston – 343,6 ming nafar;
Turkmaniston – 275 ming nafar;
Xitoy – 176,9 ming nafar;
Turkiya – 129,9 ming nafar;
Hindiston – 55,8 ming nafar;
Koreya Respublikasi – 35,2 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 435 ming nafar.




