Joriy yilning 24-oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oktabr oyida qabul qilingan statistika sohasiga oid qarorlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i M. Yarbekov Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, shuningdek ro‘yxatga olish dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmuniga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



