Sirdaryo viloyatida 2025-yilning 1-sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 9 595 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 9 522 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 2 297 ta
Sirdaryo tumani – 1 206 ta
Sardoba tumani – 900 ta
Mirzaobod tumani – 835 ta
Boyovut tumani – 819 ta
Yangiyer shahri – 755 ta
Guliston tumani – 686 ta
Oqoltin tumani – 639 ta
Sayxunobod tumani – 611 ta
Xovos tumani – 548 ta
Shirin shahri – 226 ta




