Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 884,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Mazkur davrda ayrim turdagi sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Koʻmir – 5,6 mln tonna
Neft – 490,1 ming tonna
Tabiiy gaz – 32,2 mlrd kub.m
Gaz kondensati – 846,7 ming tonna
Avtomobil dvigatellari – 174 826 dona
Yuk avtomobillari – 3 215 dona
Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 326 364 dona




