O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman va shaharlarda “Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilgan mazkur seminarlar davomida “Mahalla yettiligi” vakillariga ro‘yxatga olish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, elektron tizimlardan foydalanish hamda aholiga tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlar 2026-yilda o‘tkaziladigan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga sifatli tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.