Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 20,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga chafar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 5,1 ming nafarga yoki 24,6 % ga kamaygan.
Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
Tojikiston – 5 270 nafar;
Rossiya – 4 649 nafar;
Qirgʻiz R. – 3 064 nafar;
Koreya – 2 309 nafar;
Turkiya – 1 538 nafar;
Qozogʻiston – 874 nafar;
Xitoy – 797 nafar;
Buyuk Britaniya – 567 nafar;
Germaniya – 285 nafar;
AQSH – 256 nafar.