17/10/2025

   Sirdaryo viloyatida 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1643 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

   - savdo sohasida – 605 ta

   - qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 251 ta

   - sanoat sohasida – 141 ta

   - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 139 ta

   - axborot va aloqa sohasida – 72 ta

   - qurilish sohasida – 67 ta

   - tashish va saqlash sohasida – 34 ta

   - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 21 ta

   - boshqa sohalarda – 132 tani tashkil etgan.