15/10/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,1 mln nafarga yoki 26,8 % ga oshgan.

   Joriy yilning 8 oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:

   Qirgʻiz Respublikasi — 2,3 mln nafar;

   Qozogʻiston — 956 ming nafar;

   Tojikiston — 887,9 ming nafar;

   Rossiya — 312,7 ming nafar;

   Turkiya — 181,7 ming nafar;

   Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;

   BAA — 94,2 ming nafar;

   Misr — 45,4 ming nafar;

   Vyetnam — 28,5 ming nafar;

   Xitoy — 27,6 ming nafar;

   Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.