Tuman va shaharlarda aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari doirasida tashkiliy rejalar ishlab chiqilmoqda.
Ushbu rejalar orqali 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, mahalliy darajadagi mas’ul tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi ishtirokini ta’minlash maqsad qilingan.
Ro‘yxatga olish – bu mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratishga xizmat qiladi.