Joriy yilning 14-oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tizim xodimlari uchun “Kiberxavfsizlik — bu faqat texnologiya emas, balki tashkilot madaniyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida tizim xodimlariga Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Gadayev tomonidan kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, kiberxavfsizlikning asosiy tamoyillari, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash va onlayn firibgarlikdan saqlanish, zararli fayllar hamda ruxsatsiz kontentlardan himoyalanish, shuningdek sun’iy intellekt bilan bog‘liq xavflar bo‘yicha foydali tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Har bir xodim o‘z ish joyida kiber-gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligini, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish esa tashkilot madaniyatining muhim qismi ekanligi eslatib o‘tildi.
Davra suhbati yakunida xodimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, berilgan savollarga javoblar berildi.