10/10/2025

   2025-yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

   - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 61,4 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 115,4 % ni tashkil etdi;

   - fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 34,3 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 117,7 % ni tashkil etdi;

   - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 4,3 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 126,6 % ni tashkil etdi.