07/10/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 62 054 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,7 ming nafarga yoki 17 % ga kamaygan.

   Mazkur davrda Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorij fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

   Tojikiston — 44 209 nafar;

   Qirgʻiz Respublikasi — 10 427 nafar;

   Qozogʻiston — 5 483 nafar;

   Rossiya — 1 280 nafar;

   Afgʻoniston — 343 nafar;

   Turkmaniston — 204 nafar;

   Turkiya — 31 nafar;

   AQSH — 11 nafar;

   Xitoy — 10 nafar;

   Ukraina — 9 nafar;

   Boshqa davlatlar — 47 nafar.