Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 1 sentyabr holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 37 434 tani tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ularning soni quyidagicha:
savdo sohasida – 15 046 ta;
sanoat sohasida – 8 394 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 7 272 ta;
qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohasida – 2 435 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 647 ta;
qurilish sohasida – 299 ta;
tashish va saqlash sohasida – 341 ta;
axborot va aloqa sohasida – 234 ta;
boshqa sohalarda – 2 766 ta.