06/10/2025

Joriy yilning 3-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-176-son Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hujjatga asosan mazkur chora-tadbirlar doirasida 2026-2027-yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan 5 ming tadbirkorlik loyihasiga 4 trln soʻm miqdorida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladi.

Oʻquv mashgʻulotida ushbu Farmon bilan tadbirkorlik subyektlariga berilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.