Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 14 216 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 179 nafarga yoki 28,8 % ga oshgan.
Joriy yilning 8 oyida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Turkmaniston — 4 603 nafar;
Hindiston — 3 477 nafar;
Tojikiston — 1 392 nafar;
Xitoy — 710 nafar;
Pokiston – 700 nafar;
Janubiy Koreya — 553 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 333 nafar;
AQSH — 319 nafar;
Filippin – 245 nafar;
Turkiya – 233 nafar;
Afgʻoniston — 226 nafar;
Misr – 203 nafar;
Rossiya – 121 nafar;
Buyuk Britaniya – 110 nafar;
JAR – 98 nafar;
Boshqa davlatlar — 893 nafar.