26/09/2025

   Joriy yilning 26-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, sentabr oyida yangi qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar mazmunida qisqacha toʻxtalib oʻtildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmoni, 8-sentabrdagi “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-157-son Farmoni va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtildi. Mazkur hujjatlar yuzasidan xodimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.