23/09/2025

   2025-yilning 1-avgust holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 1 969 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,6 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 944 taga to‘gri keldi.

   Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Sardoba tumani – 364 ta
  • Mirzaobod tumani – 335 ta
  • Oqoltin tumani – 265 ta
  • Boyovut tumani – 199 ta
  • Sayxunobod tumani – 192 ta
  • Guliston tumani – 176 ta
  • Sirdaryo tumani – 176 ta
  • Xovos tumani – 129 ta
  • Guliston shahri – 87 ta
  • Yangiyer shahri – 28 ta
  • Shirin shahri – 18 ta