Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 98 ta konsert tashkiloti faoliyat yuritgan.
2024-yil davomida konsertlarga jami 10,5 mln nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
Konsertlarga tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha eng yuqori qayd etilgan hududlar:
Toshkent shahar – 5 810,6 ming nafar;
Samarqand viloyati – 505,2 ming nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 461,9 ming nafar;
Surxondaryo viloyati – 403,3 ming nafar;
Xorazm viloyati – 397,1 ming nafar.