Joriy yilning 19-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-172-son Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hujjat bilan mazkur chora-tadbirlarning maqsad va vazifalari hamda ularni hal qilishda barcha tuman (shahar) hokimliklarining birinchi navbatdagi vazifalari belgilandi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.