Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabr holatiga respublikamizda 399 597 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 310 307 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 77,7 foizini tashkil etadi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
mas’uliyati cheklangan jamiyat – 310 307 ta
xususiy korxonalar – 48 002 ta
oilaviy korxonalar – 37 434 ta
aksiyadorlik jamiyati – 627 ta
boshqalar – 3 227 ta