19/09/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha 4,2 trln so‘mlik  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Ularning jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmidagi ulushi 1,5 % ga yetgan.

Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:

— 2016-yil – 2,8 trln so‘m

— 2017-yil – 1,4 trln so‘m

— 2018-yil – 4,1 trln so‘m

— 2019-yil – 6,8 trln so‘m

— 2020-yil – 6 trln so‘m

— 2021-yil – 2,7 trln so‘m

— 2022-yil – 4,6 trln so‘m

— 2023-yil – 9,8 trln so‘m

— 2024-yil – 19,7 trln so‘m