Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 6,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar-iyuliga nisbatan 1,5 trln so‘mga oshgan.
Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk, mulkni sug‘urtalash va boshqalar egallagan. Ularning ulushi 83 % ni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar-iyul oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari 11,5 % ni, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi esa 5,5 % ni tashkil etgan.