09/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 19,2 ming nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,3 ming nafarga yoki 20,6 % ga oshgan.

   Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSH fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

   sayohat – 15 468 nafar;

   xizmat yuzasidan – 1 832 nafar;

   qarindoshlarni yo‘qlash – 1 544 nafar;

   o‘qish – 254 nafar;

   tijorat – 81 nafar;

   davolanish – 11 nafar.