08/09/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni (filiallarni qoʻshgan holda) 138 tani tashkil etgan.

   Muzeylarga 2024-yil davomida 4,8 mln kishi tashrif buyurgan.

   Ulardan 1,4 mln nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etadi.

   Mamlakatimizdagi eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan TOP-5 muzeylar:

   Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi - 1 035 325 nafar

   Registon ansambli direksiyasi - 908 225 nafar

   Shon-sharaf davlat muzeyi - 656 355 nafar

   Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi - 489 208 nafar

   Ichan-qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi - 456 917 nafar