05/09/2025

   Joriy yilning 5-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-200-son Farmoni mazmuni va mohiyati boʻyicha boshqarma Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaning maʼruzasi tinglandi. Hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi tasdiqlanganligi va Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati yangi maʼlumotlar bilan toʻldirilganligi qayd etildi.