04/09/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 80,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 87,9 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

O‘zbekiston 2025-yilning 7 oyida eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 69,9 ming tonna;

Qozog‘iston – 13,1 ming tonna;

Qirg‘iz Respublikasi – 4 ming tonna;

Belarus – 615 tonna;

Boshqa davlatlar – 259 tonna.