04/09/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 15,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming nafarga yoki 25,2 % ga oshgan.

   Joriy yilning 7 oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Fransiya fuqarolari soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

   sayohat– 13 855 nafar;

   qarindoshlarni yoʻqlash – 703 nafar;

   xizmat yuzasidan– 591 nafar;

   oʻqish – 43 nafar;

   tijorat – 17 nafar.