Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining hajmi 7 trln soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 10,6 % ga oshgan.
Ularning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston Resp. – 328 mlrd soʻm
Andijon viloyati – 446,1 mlrd soʻm
Buxoro viloyati – 228,1 mlrd soʻm
Jizzax viloyati – 148,2 mlrd soʻm
Qashqadaryo viloyati – 425,8 mlrd soʻm
Navoiy viloyati – 222,8 mlrd soʻm
Namangan viloyati – 765,5 mlrd soʻm
Samarqand viloyati – 878,6 mlrd soʻm
Surxondaryo viloyati – 243,1 mlrd soʻm
Sirdaryo viloyati – 95 mlrd soʻm
Toshkent viloyati – 708,3 mlrd soʻm
Fargʻona viloyati – 952,8 mlrd soʻm
Xorazm viloyati – 345,1 mlrd soʻm
Toshkent shahri – 1228,9 mlrd soʻm