Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 7 ta xorijiy mamlakatlardan qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,6 ming tonna ananas import qilingan.
Ananas importi hajmi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga oshgan.
2025-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp ananas yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 4,5 ming tonna;
Qozogʻiston – 92 tonna;
Niderlandiya – 16 tonna;
Meksika – 5 tonna;
Boshqa davlatlar – 3 tonna.