Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 29 ta davlatdan qiymati 31,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 9,9 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilgan.
Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,9 % ga kamaygan.
2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonga eng koʻp shokolad va shokolad mahsulotlari yetkazib beogan mamlakatlar:
Rossiya — 7 528 tonna
Niderlandiya — 785 tonna
Ukraina — 405 tonna
Qozogʻiston — 277 tonna
Fransiya — 213 tonna
Boshqa davlatlar — 654 tonna