12/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qariyb 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Malayziyaga safar qilgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1 ming nafarga yoki 26,4 % ga oshgan.

   Joriy yilning 6 oyida Malayziyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

   sayohat – 4 220 nafar

   qarindoshlarni yoʻqlash – 478 nafar

   xizmat yuzasidan – 185 nafar

   oʻqish – 93 nafar

   davolanish – 5 nafar