05/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 19 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 90 099 dona televizor import qilingan

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43 455 donaga yoki 93,1 % ga oshgan.

   Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp televizor yetkazib bergan davlatlar:

   Xitoy – 63 447 dona

   Vetnam – 10 240 dona

   Qozogʻiston – 7 410 dona

   Indoneziya – 5 652 dona

   Xindiston – 2 918 dona

   Boshqa davlatlar – 432 dona