Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 208,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 80 053 tonna loviya eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11 753 tonnaga yoki 17,2 % ga oshgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp loviya eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – 27 514 tonna
Pokiston – 14 368 tonna
Afgʻoniston – 13 365 tonna
Eron – 10 402 tonna
Gruziya – 4 159 tonna
Boshqa davlatlar – 10 245 tonna