Sirdaryo viloyatida 2025-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1007 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 386 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 199 ta
sanoat sohasida – 126 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 79 ta
qurilish sohasida – 56 ta
axborot va aloqa sohasida – 36 ta
tashish va saqlash sohasida – 20 ta
sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 13 ta
boshqa sohalarda – 92 tani tashkil etgan.