31/07/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 88,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,7 ming nafarga yoki 38,7 % ga oshgan.

   Joriy yilning 5 oyida Turkiyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

   sayohat – 67 036 nafar

   qarindoshlarni yoʻqlash – 18 793 nafar

   davolanish – 1 252 nafar

   oʻqish – 798 nafar

   xizmat yuzasidan – 769 nafar