Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda asalari oilalarining umumiy soni 742,5 ming donaga yetgan.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning soni quyidagicha:
fermer xoʻjaliklarida – 113,2 ming dona;
dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 502,3 ming dona;
qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 127 ming dona.