18/07/2025

   Joriy yilning 18-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PF-71-son Farmoni va “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati to‘g‘risida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova mazkur hujjatlarning maqsadi, mazmuni va ahamiyati boʻyicha tegishli tushuntirishlar berib oʻtdi.

   Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.