16/07/2025

   Sirdaryo viloyatida 2025-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 9 715 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 9 643 tani tashkil etgan.

      Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan: 

      Guliston shahrida – 2 379 ta

      Sirdaryo tumani – 1 194 ta

      Sardoba tumani – 909 ta

      Boyovut tumani – 854 ta

      Mirzaobod tumani – 854 ta   

      Yangiyer shahri – 736 ta

      Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

      savdo sohasida – 3 604 ta

      qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 891 ta

      sanoat sohasida – 1 154 ta

      qurilish sohasida – 819 ta