11/07/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 37 859 698 kishini tashkil etgan.

   Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

   Shundan:

   ayollar soni – 18,8 mln kishi

   erkaklar soni – 19,1 mln kishi

   shahar joylarda – 19,3 mln kishi

   qishloq joylarda – 18,6 mln kishi