30/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yilning 1-iyun holatiga jami 57 715 ta sanoat korxonalari  faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Ularning soni yil boshidan buyon 2 069 taga oshgan.

   Shuningdek, ular hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqorisi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, jamiga nisbatan  18,7  % ni tashkil etgan.

   Ular hududlar kesimida quyidagicha:

   Toshkent shahri – 10 807 ta

   Toshkent viloyati – 6 453 ta

   Farg‘ona viloyati – 6 002 ta

   Samarqand viloyati – 4 769 ta

   Andijon viloyati – 4 560 ta

   Namangan viloyati – 4 132 ta

   Xorazm viloyati – 3 432 ta

   Buxoro viloyati – 3 139 ta

   Surxondaryo viloyati – 3 073 ta

   Qashqadaryo viloyati – 2 879 ta

   Navoiy viloyati – 2 526 ta

   Qoraqalpog‘iston R. – 2 486 ta

   Jizzax viloyati – 2 269 ta

   Sirdaryo viloyati – 1 188 ta