27/06/2025

 

   Joriy yilning 27-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, 2025-yil 9-iyundagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarning kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi  OʻRQ-1067-son, 23-iyundagi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1070-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi. Iyun oyida qabul qilingan hujjatlar yuzasidan xodimlar oʻz
fikr-mulohazalarini bildirishdi.