Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yilning yanvar-may oylarida 36 520 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 766 taga oshgan.
Shuningdek, ularning soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda yetakchi o‘rinni savdo sohasi egallagan:
savdo sohasida — 12 570 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 4 582 ta
sanoat sohasida — 4 271 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 3 036 ta
qurilish sohasida — 1 937 ta
axborot va aloqa sohasida — 1 223 ta
tashish va saqlash sohasida — 1 059 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 2 174 ta
boshqa sohalarda — 5 668 ta