Joriy yilning 25-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi “Togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 383-son qarori muhokamasi boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti jarayonida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.